Uzbekistan Airways Express 30 yanvardan “Sharqiy” xab loyihasi doirasida yakshanba kunlari Namangan – Ufa – Namangan yo`nalishi bo`yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda milliy aviakopmaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Namangan – Ufa yo`nalishida aviachipta narxi 1 611 677 so`mdan, Namangan – Ufa – Namangan yo`nalishidagi esa 3 037 047 so`mdan boshlanadi.
Ma`lumot uchun: narxlar 18.01.2022 yil holatiga ko`ra e`lon qilindi.