Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ma`lum qildi.
"Yangi O`zbekistonning 2022–2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi Prezident farmoni va uni 2022 yilda amalga oshirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 14 yanvarga qadar 43 mingdan ortiq ko`rilgan, 525 ta taklif bildirilgan.
Hozirda mazkur takliflar asosida Farmon loyihasini yanada takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, davlat boshqaruvi organlarining “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas`uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo`nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratiladi.






