Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumanida 32 yoshli ayol tug`ilmagan, besh oylik farzandini ming dollarga sotmoqchi bo`lganida qo`lga olindi. Bu haqda «Davr» informasion dasturida ma`lum qilindi.
Ma`lum qilinishicha, ayolning 3 nafar farzandi bo`lib, to`rtinchi farzandini dunyoga keltirishni istamagan. Keyinchalik u ushbu farzandini sotish evaziga mo`maygina daromad olmoqchi bo`lib, tug`ilajak farzandini sotib olishga Uchqo`rg`on tumanidan talabgor topgan va buning uchun bir xonali uy olib berishini talab qilgan.
Talabgor moddiy imkoniyatlari cheklanganini aytib, ushbu talabni rad qilgan. Keyinchalik bola 1000 AQSh dollariga baholangan va ayol 6 yanvar kuni 500 dollar pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






