Malakali o`qituvchilar yana e`tibor markazida. Ya`ni, Yangi O`zbekistonning 2022–2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasida malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshirish asnosida iqtidorli o`qituvchilarning oylik maoshini bosqichma-bosqich 1000 AQSh dollar ekvivalentiga etkazish belgilangan ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilandi. 2022 yil uchun ishlab chiqilgan byudjet hisob-kitobida esa aynan inson kapitalini rivojlantirish uchun, ya`ni ta`lim va tibbiyot sohasiga 58 trln. so`m mablag` ajratilishi ma`lum qilindi. Davlat rahbari esa bu mablag`larga alohida urg`u berib, ushbu tizimlarga hech qachon bunday katta mablag` ajratilmaganini alohida qayd etgan. Albatta bu mablag`larning ma`lum bir qismi joriy yilda ham aynan malakali o`qituvchilarning tabaqalashtirilgan tarzda oshirilishi kutilayotgan oylik maoshi uchun ajratilishi shubhasiz. Bu albatta mamlakat farovonligi uchun kelajak avlodlarimizga vijdonan ta`lim beradigan O`QITUVChIlarimiz uchun katta rag`bat, deyish mumkin. Shu o`rinda ko`pchilikning o`zi boshqa davlatlarda o`qituvchilarning oylik maoshi qanday va ularga qanday talablar asosida haq to`lanadi, degan savol qiziqtirishi shubhasiz. Shu bois ushbu sahifada mashaqqatli kasb egalari yiliga eng ko`p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishishtirishni lozim topdik.
1-o`rin: Shveysariya
Mazkur mamlakatdada 26 ta kanton majburiy ta`lim tizimi uchun mas`ul hisoblanadi. O`rtacha maosh 6240 ming dollarni tashkil qiladi. Hozirda Shveysariyada yagona davlat ta`lim tizimi mavjud emas. Ta`lim dasturlar kanton (Shveysariya ma`muriy-hududiy birligi) lar doirasida ishlab chiqiladi.Ta`lim jarayonlari fransuz, nemis, italyan va retroroman tillarida, xalqaro “International Baccalaureate” dasturi asosida yuritiladi.
2-o`rin: Daniya
Skandinaviyada joylashgan Daniyada ham o`qituvchilarning mehnatlarini qadrlashadi. Mashaqqatli kasb egallarining maoshi o`rtacha 6190 dollar. Bu Evropa mamlakatlari orasida 2-o`rinda turgan yuqori ko`rsatkich hisoblanadi.
3-o`rin: Lyuksemburg
Evropa markazida joylashgan ushbu mamlakatda o`qituvchilar yiliga o`rtacha 68 120 AQSh dollari ishlab topadi. Shunda o`rtacha maoshi 6 ming dollarga to`g`ri keladi. Bu boshlang`ich o`qituvchilarning maoshi ekani ma`lum qilinmoqda. Lyuksemburgda 15 yillik tajribaga ega maktab o`qituvchisi o`rtacha 9700 dollar oylik oladi. O`z kasbining haqiqiy egasi bo`lgan o`qituvchilar esa oyiga 12200 dollargacha maosh olishlari mumkin.
Yana bir jihat shuki, Lyuksemburgda o`qituvchilardan talab qilinadigan asosiy narsa – bu lyuksemburg tilini bilishdir.
4-o`rin: Norvegiya
Skandivaniyadagi yana bir mamlakat – Norvegiyada ham ta`lim sohasiga katta e`tibor qaratiladi. Shundan kelib chiqib, bu o`lkada o`qituvchilar bir yil davomida 65 ming dollardan yuqori maoshga ega bo`ladi. O`rtacha maosh miqdori esa 5450 dollar tashkil qiladi.
5-o`rin: Islandiya
Dunyoning eng sokin mamlakatlaridan biri bo`lgan Islandiyada ta`lim deyarli bepul. Bu erda faqat oliy ta`lim uchun, shunda ham oz-moz haq to`lanadi. Islandiya savodxonlik bo`yicha dunyoda eng yuqori o`rinda. O`qituvchilarning maoshi oyiga 5430 dollarni tashkil qiladi. Toifaga qarab narxlar maoshlar toifasi o`zgarib boraveradi.
6-o`rin: Germaniya
Mazkur mamlakatda o`qituvchilarning o`rtacha maoshi oyiga 4300 dollar. Yiliga o`rtacha 50 000 ming dollar ishlab topadi. Bundestimda bu kasb egalari nufuzli va ishonchli shaxs sifatida qadrlanadi. Nemis oilalaridagi bolalarning aksariyati davlat maktablarida o`qishadi. Ularga qo`yiladigan talablar: nemis tilida bo`lgan oliy darajadagi diplom, davlat tilini bilishi hamda kamida 2 ta turli yo`nalishdagi fanlarni o`zlashtirgan bo`lishi kerak.
7-o`rin: Yaponiya
“Kunchiqar yurt”da o`qituvchilarning oylik maoshi o`rtacha 4000 dollardan boshlanadi. Mehmondo`st va oliyjanob fazilatlarga ega bo`lgan Yaponiyada o`qituvchilik eng hurmatli kasblardan biri hisoblanadi. Bu erda keskin raqobat mavjud: har bir o`ringa 20 nafardan kadr to`g`ri keladi. Odatda ishga qabul qilish jarayonida uch jihatga e`tibor beriladi.
- “Tajribasi”
- “Test sinovlaridagi balli”
- “Oladigan lisenziya”
Shu jihatlardan tashqari, 30 yoshgacha bo`lgan o`qituvchilarga e`tibor yuqori bo`ladi.
8-o`rin: Belgiya
Iqtidorli bolalarga bu mamlakatda e`tibor nihoyatda katta. Belgiyada murakkab kasb egallari maoshi oyiga 3900 dollarni tashkil qiladi. Tajribalilari maoshi 4000dan yuqori. Qolaversa, raqobat juda yuqori bo`lib, bir yo`nalishga kamida 10 nafar nomzod to`g`ri keladi.
9-o`rin: AQSh
Ta`lim darajasi yuqori o`rinda turadigan Amerika Qo`shma shtatlarida ham o`qituvchilarga uch toifada maosh to`lanadi. Qolaversa, har bir shtatda turlicha toifaga bo`linadi.
Deylik, Janubiy Dakotada o`qituvchilarning o`rtacha maoshi oyiga 3210 dollarni tashkil qiladi. Nyu-York va Kaliforniyada esa bu ko`rsatkich 7510 dollar.
O`rtacha o`qituvchilarning ish haqi oyiga 3900 dollar ekani ma`lum bo`ldi.
10-o`rin: Finlyandiya
Sovuq o`lkalardan biri bo`lgan Finlyandiyada ham ta`lim sohasiga e`tibor juda baland. Shundan kelib chiqib o`qituvchilarning mehnatlari munosib tarzda mukofotlanadi. Bu erda o`qituvchilarning ham maosh o`rtacha 3900 dollarni tashkil qiladi. 1-6 sinf o`quvchilari bilan ishlaydigan pedagoglar doimiy magistrlik darajasiga ega bo`lishi shart. Undan yuqori sinfda faoliyat olib boradigan o`qituvchilar esa o`zi ta`lim beradigan fan bo`yicha magistr darajasida bo`lishi ko`zda tutilgan.
Fin maktablari to`liq avtonomiyaga ega. Ya`ni, maktab direktorlari va o`qituvchilari o`quv dasturini ishlab chiqarishda katta erkinlikka egadir.
MDH mamlakatlarida holat qanday?
Rossiya. Ushbu mamlakatda o`rtacha maosh oyiga 788 dollarni tashkil qiladi. Lekin mintaqalarga qarab maosh o`sib boradi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, mamlakat hududidagi Dog`iston hamda Magadandagi o`qituvchilarga eng kam maosh beriladi.
Ukraina. 2022 yilda o`qituvchilarning ish haqi oyiga 480 dollarni tashkil qilishi aytilmoqda. Agarda sizning tajribangiz yuqori bo`lib, deylik, 30 yil davomida shu murakkab sohada ishlagan bo`lsangiz, unda maoshingiz 600 dollar atrofida bo`lishi mumkin.
MARKAZIY OSIYoDA VAZIYaT QANDAY?
Qozog`iston. Ta`lim sohasiga katta e`tibor qaratayotgan Qozog`istonda o`qituvchilarning o`rtacha maoshi oyiga 47 ming tengeni tashkil qiladi. Aniqrog`i, 486 dollar.
Tojikiston. Qo`shnimiz Tojikistonda bu kasb egalarining maoshi oyiga 155 dollar ekani ma`lum bo`ldi.
Qirg`iziston. Bu mamlakatda maosh miqdori Tojikistonga nisbatan biroz yuqori bo`lib, 255 dollarni tashkil qilarkan.
Qolgan mamlakatlarda holat bo`yicha:
Singapur 3782 dollar
Janubiy Koreya 2964 dollar
Irlandiya 3671 dollar
Avstriya 2940 dollar
Andorra 3388 dollar
Shvesiya 2893 dollar
Yangi Zelandiya 3354 dollar
San-Marino 2843 dollar
Avstraliya 3346 dollar
Italiya 2726 dollar
Fransiya 3332 dollar
Buyuk Britaniya 2703 dollar
Niderlandiya 3238 dollar
Gonkong 2196 dollar
Bagama orollari 3189 dollar
Ispaniya 2133 dollar
Kanada 3151 dollar
Kipr 2126 dollar
Isroil 3064 dollar
Sloveniya 1914 dollar
Malta 1783 dollar
Estoniya 1560 dollar
Makedoniya 699 dollar
Botsvana 633 dollar
Braziliya 552 dollar
Xitoy 955 dollar
Chexiya 1454 dollar
Litva 1419 dollar
Malayziya 712 dollar
Meksika 401 dollar
Hindiston 119 dollar
Bangladesh 158 dollar