Ba`zan erkak kishi ayolidan hech qanday sababsiz yuz o`girgandek tuyuladi. Biroq, bu sabablar faqat ayol kishigagina ko`rinmaydi. Aslida esa, erkak kishi ma`lum sabablarga ko`ra ayol hayotidan izsiz g`oyib bo`ladi.
1-sabab: U sizni o`ziga munosib ko`rmaydi
Munosabatlardagi shubha-gumon, ikkilanish faqat ayollarga xos, deb o`ylasangiz, adashasiz. Erkak kishi ham sizga uylansa, ikkingizning hayotingiz qanday kechishi haqida ich-ichidan o`ylaydi, tashvishlanadi. Agar, u siz uning orzusidagi ayol emasligingizni anglab etsa, shu darhol sizni tashlab ketadi va ortga qayrilmadi ham.
2-sabab. U boshqa ayolni sevib qoladi
Mana shu sabab ham erkakning oilasidan butunlay yuz o`girishining sabablari orasida eng keng tarqalgani. Erkak kishi uni sizdan ustun deb bildi va shuning uchun bir umrga ketdi. Bu qanchalik achchiq bo`lmasin—haqiqat!
3-sabab: U o`z obro`si haqida o`ylaydi.
Aksariyat hollarda erkak kishi ayolidan ajralmaydi, ammo u bilan birga yashamaydi ham. Buning sababi, u oilasini tashlab ketgan nomard degan nom orttirishni istamaydi, shu bilan birga siz bilan yashashni ham. Shuning uchun u chet elga ishlashga ketish yoki boshqa shunga o`xshash sabablar bilan hayotingizni butunlay tark etadi va izsiz g`oyib bo`ladi.
4-sabab: Ayolidan uning xafsalasi pir bo`lgan
Ayol kishining mantiqsiz xatti-harakatlari ham erkak kishini “to`ydiradi”. Sabr kosasi to`lgan erkak sizning hayotingizdan butunlay g`oyib bo`lishni istaydi va shunday qiladi ham.
Axir, hamma ham ayolini tushunib, kechirib ketaverish qobiliyatiga ega emas. U yaxshisi, o`sha ayoldan voz kechadi.
5-sabab: U sizning yoningizda o`zini haqiqiy erkakdek his eta olmaydi
Aksariyat hollarda ayollar o`z xatti-harakatlari bilan bilib-bilmay erining or-nomusiga tegadigan ishlar qiladi. Masalan, o`zining undan ko`proq pul topishini hadeb pesh qilaveradi. Bunday harakatlar arzimagan bo`lib tuyulsa-da, kun kelib, erkak bularning hammasidan bezor bo`ladi. U bu kabi mustaqil ayolning hayotida o`ziga o`rin yo`qdek his etadi va izsiz g`oyib bo`ladi.





