O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xabar berishicha, Bioorganik kimyo instituti etakchi ilmiy xodimi Sh.Shomurotov rahbarligidagi bir guruh olimlar silga qarshi "Biomayrin 600 mg" preparatini yaratdilar.
Qayd etilishicha, ushbu preparat poligalakturon kislotasi (pektin) va silga qarshi preparatlar – izoniazid, etambutol va rifampitsin asosida olingan.
Mazkur preparatning afzalligi u makromolekulyar tabiatga ega bo`lib, tabiiy polimer poligalakturon kislota makromolekulasiga silga qarshi izoniazid, etambutol va rifampitsin kimyoviy bog`lar vositasida bog`langan. Buning natijasida ushbu kasallikka qarshi boshqa preparatlarga nisbatan organizmga nojo`ya ta`siri bir necha marta kamaygan hamda organizmdagi samarali ta`sir vaqti bir necha bor ortgani aytiladi.
"Preparat patogen hujayralarga yo`naltirilgan ta`sir ko`rsatadi, silning turli shtammlariga nisbatan yuqori faollikka ega.
Hozirda ushbu preparat tijoratlashtirishga yo`naltirilgan",-deyiladi xabarda.






