Ertaga sovuq antisiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. O`zbekistonda bulutli va sovuq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, respublika bo`yicha yomg`ir va qor ko`rinishidagi biroz yog`ingarchilik bo`ladi, tog`li hududlarda qor yog`adi, harorat kunduzi 0-5° iliqdan oshmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Xabarga ko`ra, 21-22 yanvar kunlari sovuq front o`tishida respublika bo`yicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuniga yog`ingarchilik to`xtaydi, faqat respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida biroz yog`ingarchilik saqlanib turadi. Kechasi sovuq kuchayadi va 0-5° sovuq, shimolda 5-10° sovuq atrofida bo`ladi, kunduzi havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.
Dam olish kunlari siklon ta`sirida tuman hosil bo`ladi kurinuvchanlik yomonlashadi.
21-23 yanvarda respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.






