Avvalroq, Samarqand viloyati Nurobod tumanida "Bir million dasturchi" tanlovi g`olibiga eski noutbuk berilgani haqida xabar bergan edik. Keyinroq, IT-tanlovi g`olibining eski noutbugi yangisiga almashtirib berildi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ayni vaqtda o`tayotgan viloyat Kengashi sessiyasida Nuroboddagi eski noutbuk masalasiga munosabat bildirdi.
"Mana shu masalani ko`tarib chiqqan jurnalist va blogerlarga rahmat. Bundan rahbarlar xulosa qilishi kerak. Tanqid qilgan odamni yomon ko`rish kerak emas, ko`tarilgan muammoni hal etishi lozim.
Tanlovni o`tkazishga mas`uliyatsizlik bilan yondoshgani uchun tuman hokimining yoshlar siyosatiga mas`ul o`rinbosariga dastlab hayfsan, berilgandi. Ammo kecha vazifasidan ozod etdik.
Bunday tadbirlarni soxta obro` orttirish, kimlargadir yaxshi ko`rinish uchun o`tkazmaslik kerak",– dedi Turdimov.






