1

Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Jamiyat 22.01.2022, 17:16
Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko`ra, 23 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 4-6° iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, Ustyurtda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; Navoiy viloyatinig shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ozgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1