Bugun, 2022 yil 23 yanvar kuni, Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumaniga kirish hududida (4P12 avtomobil yo`lining 31-kilometri)da YPX xodimi E.Tayloqov tomonidan davlat raqam belgisi yashirilgan holda harakatlanib ketayotgan "Toyota land cruiser" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.
Tekshiruv davomida avtomobilga ruxsat etilmagan mayoqchalar (migalka) o`rnatilganligi ham ma`lum bo`lgan.
Ushbu qoidabuzarliklar bo`yicha haydovchi, 2001 yilda tug`ilgan I.F.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi ushbu Kodeksning 291-moddasiga ko`ra, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.






