AsosiyJamiyat

YPX xodimini do`pposlagan navoiylik fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'YPX xodimini do`pposlagan navoiylik fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Avvalroq, Navoiyda avtomobilni jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimi ayovsiz do`pposlangani haqida xabar bergan edik. 

Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talabini bajarmasdan unga tajovuz qilgangan ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro A.T.ga nisbatan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-modda (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi hamda 219-modda (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Prosessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar