AsosiyJamiyat
10682

Toshkentda ko`p qavatli uy oldiga tashlab ketilgan bolaning ota-onasi topildi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko`p qavatli uylardan birining pod`ezdiga tashlab ketilgan bolaning ota-onasi topildi. Bu haqda Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida ma`lum qilindi. 

“Hurmatli va mehridaryo guruhimiz a`zolari! Shukrki, huquq-tartibot organlari xodimlari yo`qolib qolgan bolaning ota-onasini topishdi. Ularga chuqur ta`zim va minnatdorchilik bildiramiz! Bolaning yo`qolishi sabablari va ota-onasining qanday topilganini batafsil bilmayman, eng asosiysi hammasi yaxshilik bilan tugadi. Bolakay hozir ota-onasining bag`rida!”,—deb yozdi bolaning ota-onasi topilganini ma`lum qilgan internet foydalanuvchisi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, bola topib olingan paytda uning yonida Mustafo deb ismi yozilgan qog`oz bo`lgan.

Boshqa yangiliklar