Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev xabar berdi.
Kiberxavfsizlik - axborot xavfsizligi bo`lib, u shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish holatini anglatadi.
Yangi qonunning maqsadi:
- O`zbekiston Respublikasi kibermakonida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;
- Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilash;
- Milliy kiberxavfsizlik sanoatini rag`batlantirish, rivojlantirish uchun huquqiy bazani yaratish: davdat tomonidan qo`llab-quvvatlash choralarini ko`rish, kiberxavfsizlik bo`yicha mutaxassislar tayyorlash, milliy operasion tizim va dasturiy ta`minotlar yaratish va boshqalardan iborat.
️Qonun loyihasiga ko`ra, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmati belgilanmoqda.






