Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, bugun, 24 yanvar kuni soat 09:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyod ko`chasida joylashagan omborxonada yong`in bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.
12 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:04 da etib borib, yong`in soat 10:57 da qurshab olindi va soat 12:58 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida omborxonaning taxminan 600 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar haqida ma`lumot kelib tushmagan.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






