AsosiyJamiyat

​Ochiq muloqot: Eng ko`p murojaatlar Navoiy viloyati tibbiyot xodimlari tomonidan yo`llangan

'​Ochiq muloqot: Eng ko`p murojaatlar Navoiy viloyati tibbiyot xodimlari tomonidan yo`llangan'ning rasmi

Prezidentimizning sog`liqni saqlash tizimi xodimlari bilan bo`lib o`tadigan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotiga yo`llangan jami murojaatlar soni 14 516 taga etdi. Shundan asosiy qismi tibbiyot xodimlariga tegishli.

Jumladan:

  • 48 foizi —  soha rivojiga qaratilgan takliflar,
  •  27 foizi — murojaatlar,
  •  25 foizi — individual masalalardan iborat.

Xususan, murojaatlarning:

  • 5 623 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,
  • 847 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,
  •  453 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,
  •  409 tasi tez tibbiy yordam xizmati,
  • 276 tasi oliy tibbiy ta`lim,
  • 149 tasi onalik va bolalikni muhofaza qilish,
  •  149 tasi farmasevtika yo`nalishiga daxldor masalalardir.

 Hududlar kesimida:

  • Navoiy viloyatidan —  1281 ta,
  •  Namangan viloyatidan — 1264 ta,
  •  Toshkent shahridan — 1 257 ta, ya`ni eng ko`p murojaatlar yo`llangan.

Yo`nalishlar bo`yicha murojaatlarning hal etilishi ko`rsatkichlari quyidagicha:

  •  yuridik —70 foiz,
  •  o`rta maxsus tibbiy ta`lim — 67 foiz,
  •  onalik va bolalikni muhofaza qilish — 65 foiz,  
  •  qolgan yo`nalishlar bo`yicha — 62 foizdan 13 foizgacha.

Shuningdek, ayni paytda ijro jarayonidagi masalalarning 88 foizi birlamchi tibbiy yordam va tez tibbiy yordam yo`nalishlariga oid.

    Boshqa yangiliklar