AsosiyJamiyat
4316

Toshkentda gematologiya masalalari muhokama etildi

Toshkentda gematologiya va transfuziologiya sohasida yuqori texnologiyali usullarning qo`llanilishi mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi.

Gematologiya masalalari zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biridir. Avvallari ba`zi kasalliklar bedavo hisoblangan bo`lsa, bugungi kunda olimlarning izlanishlari natijasida bu xastaliklarni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash, ularni yangi preparatlar va davolashning ilg`or usullari orqali davolashga erishilmoqda.  

Zamonaviy gematologiya va transfuziologiyadagi izlanishlar, soha mutaxassislarining malakasini oshirish, ularning ilmiy ishlanmalarini keng ommalashtirishda bu kabi anjumanlar muhim ahamiyat kasb etadi. 

Tadbirda gematologiya sohasida yuqori texnologiyali diagnostika usullaridan keng foydalanish, xastaliklarni tez aniqlash, ularga tashxis qo`yish va davolashda zamonaviy yondashuvlarga doir masalalar muhokama etildi. Gematologlarimiz Rossiya, Ozarbayjon, Qozog`iston kabi mamlakatlardan kelgan mutaxassislar bilan tajriba almashdi.

Anjuman ishtirokchilari Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, tajribali olimlar ishtirokida mahorat saboqlari o`tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar