AsosiySport

IFFHS jahonning eng yaxshi chempionatlari reytingida O`zbekiston nechanchi o`rinni qayd etdi?

'IFFHS jahonning eng yaxshi chempionatlari reytingida O`zbekiston nechanchi o`rinni qayd etdi?'ning rasmi

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federasiyasi — IFFHS 2021 yil yakunlariga ko`ra jahonning eng yaxshi chempionatlari reytingini e`lon qildi. Bu haqda O`zbekiston Professional futbol ligasi axborot xizmati xabar bermoqda

Unga ko`ra, O`zbekiston Coca-Cola Superligasi jadvalda 66-o`rinni egalladi (309,5 ochko). Bu Osiyo miqyosidagi 5-ko`rsatkich hisoblanadi. Qit`ada faqat Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Saudiya Arabistoni chempionatlari O`zbekiston Superligasidan yuqorida joylashgan.

Umumiy reytingda AQSh, BAA, Qatar va Belarus ligasi O`zbekiston chempionatidan pastroqda qayd qilingan.

Eslatib o`tamiz, 2020 yil yakunida ishlab chiqilgan reytingda Coca-Cola Superligasi jahonda 48, Osiyoda 5-o`rinda bo`lgan edi. 

Boshqa yangiliklar