JLL konsalting kompaniyasi xaridlar uchun eng ko`p tanlanadigan shaharlar ro`yxatini e`lon qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Reytingning birinchi pog`onasini London shahri egalladi. Mazkur shaharda mijozlarga oliy sifatli mahsulotlarni taklif etuvchi ko`plab yirik xalqaro kompaniyalar joylashgan.
Osiyo va Tinch okeani hududida joylashgan mamalakatlar orasida esa xarid uchun eng ko`p tanlanadigan shahar Gongkong bo`ldi. Reyting tuzuvchilarning so`zlariga ko`ra, mazkur hududlardagi umumiy savdo hajmining uchdan bir qismi Xitoyga tegishli. Uchinchi o`rinni Parij shahri zabt etdi. Bu shaharda ijara narxi o`ta qimmat bo`lishiga qaramay, tadbirkorlar savdo-sotiq sohasini ancha rivojlantirgan.
Shopping uchun ma`qul ko`riladigan shaharlar 10 taligiga Dubay, Nyu-York, Singapur, Pekin, Shanxay, Al-Quvayt va Tokio shaharlari ham kiritilgan.





