AsosiyJamiyat

Toshkent - Istanbul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha reyslari bekor qilindi

'Toshkent - Istanbul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha reyslari bekor qilindi'ning rasmi

Istanbul xalqaro aeroporti faoliyati to`liq to`xtatilgani munosabati bilan (kuchli qor, ko`rishning etarli darajada emasligi), "Uzbekistan Airways" AJ 2022-yil faqat 25-yanvar kuni bajarilishi rejalashtirilgan HY – 271/272/273/274 Toshkent - Istanbul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha reyslari bekor qilindi.    Bu haqda kompaniya xabar berdi.

Bekor qilingan parvozlar yo`lovchilari chiptaning to`liq qiymatini sotib olingan joyda qaytarish yoki 26-yanvar kuniga yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin har qanday kunga bepul ko`chirish huquqiga egadirlar.

    Boshqa yangiliklar