Buxoro va Qarshi shaharlaridan Toshkent yo`nalishiga harakatlanuvchi “Afrosiyob" tezyurar poezdlarining harakat jadvaliga elektr ta`minoti tiklangunga qadar o`zgartirishlar kiritiladi.
Eslatib o`tamiz, quyidagi poezdlarning qatnov jadvali o`zgarishsiz qoladi. Shu munosabat bilan siz ko`rsatilgan yo`nalishlardan foydalanishingiz mumkin. Ushbu yo`nalishlarga chiptalarni temir yo`l kassalarida sotib olish mumkin.
Termiz – Toshkent yo`nalishidagi 79-poezd Qarshi vokzaliga soat 01:19 da etib keladi.
Qo`ng`irot – Toshkent yo`nalishidagi 53-poezd Buxoro vokzaliga soat 22:46 da etib keladi.
Xiva – Toshkent yo`nalishidagi 55-poezd Buxoro vokzaliga soat 00:15 da etib keladi.
"Afrosiyob" yo`lovchi poezdlari harakat jadvaliga o`zgartirishlar kiritilganligi sababli yo`lovchilarning avval sotib olgan va foydalanmagan chiptalarini kassalarga to`liq qaytarib olinadi, yoki boshqa sanaga qayta rasmiylashtirilib beriladi.