Sog`liqni saqlash vazirligi avvalroq Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida elektr uzluksizligini ta`minlash maqsadida dizel generatorlari ishlab turgani, bunda shifoxonada davolanayotgan og`ir va o`ta og`ir ahvoldagi bemorlarga ulangan tibbiy jihozlarning faoliyati davomiyligini ta`minlash ustuvor vazifa etib belgilangani ma`lum qilgan edi.
Qayd etilishicha, elektr energiyasi ta`minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo`yicha tuzilgan Hukumat komissiyasi sa`y-harakati bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalari elektr energiyasi bilan to`liq ta`minlangan.
"Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalari to`liq elektr energiyasi bilan ta`minlandi",-deyiladi vazirlik matbuot kotibi xabarida.






