AsosiyJamiyat

Elektr ta`minotini tiklash ishlari bo`yicha davlat rahbariga muntazam axborot berib borilmoqda — Prezident matbuot kotibi

'Elektr ta`minotini tiklash ishlari bo`yicha davlat rahbariga muntazam axborot berib borilmoqda — Prezident matbuot kotibi'ning rasmi

O`zbekiston elektr energiyasi ta`minoti va boshqa tarmoqlar ishini normallashtirish bo`yicha hozirda zarur chora-tadbirlar ko`rilmoqda.  

Shuningdek, elektr ta`minotini tiklash ishlari bo`yicha davlat rahbariga muntazam axborot berib borilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, avval aytib o`tilganidek, vaziyat shaxsan Prezidentimiz nazorati ostida.

Bundan tashqari, aholining hayotiy ehtiyojlarini ta`minlash bilan bog`liq barcha sohalar hamda huquq-tartibot idoralari kuchaytirilgan ish rejimiga o`tkazilgani aytiladi.  

"Shu bilan birga, hozircha elektr ta`minoti tiklanmagan joylarda uy-joylarni yoritish va isitish moslamalaridan foydalanishda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tavsiyalariga amal qilishingizni so`raymiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar