AsosiyJamiyat

Foydalanilmagan chiptalar qo`shimcha to`lovlarsiz almashtirib beriladi - “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

'Foydalanilmagan chiptalar qo`shimcha to`lovlarsiz almashtirib beriladi - “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ'ning rasmi

Kecha elektr energiya ta`minoti tizimida yuzaga kelgan uzilish natijasida yo`lovchi poezdlar harakat jadvaliga o`zgarishlar kiritildi.  Bu haqida  “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha,  elektr energiya ta`minoti to`liq tiklanishi bilan barcha poezdlar  harakat jadvali bo`yicha harakatlanadi..

Shuninndek, harakat jadvalida o`zgarish bo`lgan paytda oldindan xarid qilingan va foydalanilmagan chiptalarini temir yo`l kassalarida hech qanday qo`shimcha to`lovlarsiz qaytarib olinishi yoki boshqa kunga almashtirib berilishi aytilmoqda.

"Hududlardagi temir yo`l kassalarida chiptalarini almashtirishga ulgurmagan yo`lovchilar esa, Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidagi kassalarga kelib bemalol almashtirib olishlari mumkin",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar