AsosiyJamiyat

o`zbekistondan Istanbulga uchadigan bugungi reyslar ham bekor qilindi

'o`zbekistondan Istanbulga uchadigan bugungi reyslar ham bekor qilindi'ning rasmi

Istanbul xalqaro aeroporti faoliyati to`liq to`xtatilgani munosabati bilan (kuchli qor, ko`rishning etarli darajada emasligi), "Uzbekistan Airways" AJ 2022 yilning 26 yanvar kuni bajarilishi rejalashtirilgan HY – 271/272 Toshkent - Istanbul – Toshkent va HY 277/278 Istanbul -Farg`ona -Istanbul yo`nalishi bo`yicha reyslari bekor qilindi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bekor qilingan parvozlar yo`lovchilari chiptaning to`liq qiymatini sotib olingan joyda qaytarish yoki 27-yanvar kuniga yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin har qanday kunga bepul ko`chirish huquqiga egadirlar.

Mavzuga doir:

Antaliyada 29 yil deganda ilk marta qor yog`di

    Boshqa yangiliklar