Xabaringiz bor, kecha, 26 yanvar kuni soat 10:57 da Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog`ida katta avariya bo`lishi oqibatida mamlakatimiz hududlarida elektr energiya ta`minotida o`chishlar yuzaga keldi.
Ayni daqiqalarga kelib, O`zbekistonda elektr bilan ta`minlash 70 foiz amalga oshirildi. Biroq, endilikda mavjud etkazib berishdagi muammolar sabab Respublika bo`ylab gaz ta`minotida uzilish va kamayishlar yuzaga kelmoqda.
Kechadan beri ijtimoiy tarmoqlarda mazkur masala bosh mavzuga aylandi: muhokamalar qizg`in davom emoqda, munosabatlar bildirilmoqda.
Jumaladan "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov holat yuzasidan o`z fikrlarini aytib o`tdi.
"Mamlakatda avval hech bo`lmagan transchegaraviy texnogen avariya oqibatida yuzaga kelgan 10 soatlik energiya ta`minotdagi uzilishni bartaraf etishda Davlat rahbaridan boshlab barcha mas`ul vazirlik va idoralar fidoyilik qilishdi.
Xalqimiz ham vaziyatdan manfaat izlaydigan turli g`alamis provokasiyalarni sovuqqonlik bilan rad etdi. Bu mamlakat favqulodda holatlar bo`yicha stress-testdan o`tganini ko`rsatadi.
Shu bilan birga Hukumat komissiyasi bunday holat takrorlanmasligi uchun aybdorlarni aniqlashiga va jiddiy jazolashiga ishonamiz", — deya izoh qoldirgan ijtimoiy tarmoqdagi o`z sahifasida.






