AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda asossiz jinoiy javobgarlikka tortilgan 40 nafar shaxs oqlandi

'Qashqadaryoda asossiz jinoiy javobgarlikka tortilgan 40 nafar shaxs oqlandi'ning rasmi

Sudlar har bir jinoyat ishi bo`yicha surishtiruv, tergov olib borish, shuningdek, sud muhokamasi davrida jinoyat-prosessual qonunining isbot qilishning umumiy shartlariga oid talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishlari shart va uning natijasida shaxsga qo`yilgan ayblovi o`z isbotini topmasa, uni reabilitasiya qilishi darkor.

2021 yil davomida Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo`yicha sudlari tomonidan asossiz jinoiy javobgarlikka tortilgan 40 shaxs oqlangan.

Shu bilan birgalikda, 896 shaxsga nisbatan 567 ta jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov organi tomonidan qo`yilgan ayblov o`zgartirilib hukm chiqarilgan. Shundan, 291 shaxsga nisbatan dastlabki tergov organi tomonidan shaxsning aybloviga qo`yilgan Jinoyat kodeksi moddasi to`liq chiqarilgan, 250 shaxsga – modda qismi yoki bandi chiqarilgan, 167 shaxsga aybloviga qo`yilgan JKning moddasi boshqa moddaga malakalangan, 395 shaxsga nisbatan aybloviga qo`yilgan ayblov moddaning boshqa qismi yoki bandiga o`zgartirilgan.

Dastlabki tergov organi yoki sud davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan 385 shaxs sud zalida qamoqdan ozod etilgan.

136 shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan hukm chiqarilgan, 60 shaxsga shartli hukm chiqarilgan, 695 shaxsga nisbatan 593 ta jinoyat ishi (shundan 641 shaxsga nisbatan 565 ta jinoyat ishi taraflar yarashganligi munosabati bilan) tugatilib, jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Jinoyat qonunchiligida jazoni o`tash davrida o`rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo`lgan mahkumlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalari tartibida insonparvarlik aktlarini qo`llash nazarda tutilgan.

2021 yil davomida Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo`yicha sudlari tomonidan jazoni o`tayotgan 921 shaxsning (shundan 892 nafar ozolikdan mahrum qilish jazosini o`tayotgan shaxs) jazolari JKning 74-moddasi tartibida engilrog`iga almashtirilgan.

O`zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi tartibida jami 1800 shaxs, shundan 127 shaxs muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini, 844 shaxs axloq tuzatish ishlari jazosini, 528 shaxs ozodlikni cheklash jazosini, 301 shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan.

Qashqadaryo viloyat sudi raisining o`rinbosari

O`. Mamadaliev

    Boshqa yangiliklar