AsosiyJamiyat

1-fevraldan fuqarolar o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida o`z xonadonida baliq etishtirishni yo`lga qo`yishi mumkin

'1-fevraldan fuqarolar o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida o`z xonadonida baliq etishtirishni yo`lga qo`yishi mumkin'ning rasmi

“Baliqchilik tarmog`ini yanada rivojlantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, (PQ-83-son, 13.01.2022)  2022-yil 1-fevraldan fuqarolar o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida o`z xonadonida baliq etishtirishni yo`lga qo`yishi mumkin.  

2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo`lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig`ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan subektlar uchun:

  • foyda solig`i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag`lardan olingan foizlardan tashqari);  
  • yuridik shaxslar er solig`i;
  • yuridik shaxslar mol-mulk solig`i;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

 

Baliq etishtiruvchi xonadon egalari uchun:  

  • er solig`i;
  • mol-mulk solig`i stavkasi 50 foiz miqdorida belgilandi.

    Boshqa yangiliklar