Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida endokrin kasalliklarni erta aniqlash va maqsadli kuzatishni ta`minlash uchun tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modelini joriy etish belgilangan.
Unga ko`ra, 2022 yil 1 apreldan boshlab:
- oilaviy shifokorlarni endokrin kasalliklarni tashxislash hamda davolash bo`yicha qayta tayyorlash;
- endokrin kasalliklar mavjud oilalarga maxsus tayyorgarlikdan o`tgan patronaj hamshirasini biriktirish;
- patronaj hamshirasi tomonidan endokrin kasalligi bo`lgan, umumiy holati qoniqarli yoki xavf guruhidagi aholini erta aniqlash va differensiallashgan yondashuv asosida kuzatib borish;
- tibbiy kuzatuv natijalari bo`yicha xavf omillari yuqori bo`lgan bemorlarni shifokor oldi ko`rigi xonalari hamshiralari hamda oilaviy shifokorlarga yo`naltirish;
- endokrin kasalliklar bo`yicha xavf guruhiga kiruvchi bemorlar ustidan doimiy kuzatuv o`rnatish maqsadida barcha tibbiyot brigadalarini glyukometr va maxsus test yaproqchalari bilan ta`minlash;
- tashxislash va davolash maqsadida bemorlarni bir kunlik diagnostik stasionar kuzatish tizimini joriy etish belgilangan.






