Shavkat Mirziyoev raisligidagi yig`ilish davomida davlat rahbari xalqni qiynagan masalalarga to`xtaldi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati:
Prezident Shavkat Mirziyoev:
"Har bir so`zimiz, har bir xatti-harakatimiz jamiyatga, odamlar qalbiga qanday ta`sir ko`rsatishiga har qachongidan ham ko`proq e`tibor berishimiz zarur.
Davlat tuzumini ichidan emiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo`lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko`rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak.
Men ishonaman – ko`pni ko`rgan, mard va olijanob, mehnatkash va bag`rikeng xalqimiz bilan birgalikda Yangi O`zbekistonni – inson tinch, ozod va farovon yashaydigan, ezgu maqsadlarini emin-erkin amalga oshiradigan davlat va jamiyatni albatta barpo etamiz.
Buning uchun bizda barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy asoslar, eng muhimi, kuchli xohish-iroda va qat`iy intilish bor", dedi davlatimiz rahbari so`zining yakunida.






