AsosiyJamiyat

40 yoshdan oshgan aholi yilda kamida bir marta maqsadli skriningdan o`tkaziladi

'40 yoshdan oshgan aholi yilda kamida bir marta maqsadli skriningdan o`tkaziladi'ning rasmi

Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, 2022–2024 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko`rsatishni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Unga ko`ra:

  •  har yili kamida bir marta 40 yoshdan oshgan aholi qandli diabet va diabet oldi holatlari uchun maqsadli skriningdan o`tkaziladi hamda endokrin kasalliklar aniqlangan bemorlar bilan muntazam aloqa o`rnatiladi. Bunda surunkali endokrin kasalliklar rivojlanishining oldini olish uchun endokrin kasalliklarni davolashning zamonaviy klinik protokollari va algoritmlari joriy etiladi;
  • 2022 yil 1 fevraldan boshlab an`anaviy va masofaviy (aralash) usulda tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yo`lga qo`yiladi. Bunda:
  •  patronaj hamshiralari hamda oilaviy shifokorlar uchun endokrin kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash va davolash bo`yicha ikki haftalik o`quv kurslari tashkil etiladi;
  •  endokrinolog shifokorlarni qayta tayyorlash uchun uch yarim oylik o`quv kurslari yo`lga qo`yiladi. Bunda ular dastlabki ikki yarim oy davomida Markazda o`qitiladi hamda bir oy davomida tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarida amaliyot o`taydi;
  •  hududlarda faoliyat yuritayotgan endokrinolog shifokorlarning malakasini oshirish uchun bir oylik o`quv kurslari tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar