Xorazmdagi chiqindixonada chaqaloq topildi. Afsuski, u...

Jamiyat 26.01.2022, 21:43
Xorazmdagi chiqindixonada chaqaloq topildi. Afsuski, u...

Xorazm viloyati Urganch shahrida 1 yanvar kuni chiqindixonadan chaqaloq murdasi topildi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi «Xorazmda yangi tug`ilgan chaqaloqni musorga tashlab ketilgani» nomli tanqidiy video o`rganilgan.

Aniqlanishicha, 2022 yil 1 yanvar kuni  Urganch shahar A.Temur va Gurlan ko`chalari o`rtasida joylashgan chiqindi tashlash joyidan o`lik holatda, etilmagan, qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan o`tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruvda tayinlangan Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Xorazm filialining 2-sonli xulosasida shaxsi noma`lum qiz jinsiga mansub, chaqaloqning o`limiga etilmaganlik va hayotga layoqatsizlik sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.

Shuningdek, ekspert xulosasiga ko`ra, chaqaloq ona qornida 5,5–6 oy yashagan bo`lishi mumkinligi, chaqaloq murdasida tan jarohatlari aniqlanmaganligi, chaqaloqning murdasidan olingan qon va homila yo`ldoshida homiladorlikni jarrohlik aralashuvisiz erta tugatishda qo`llaniladigan sintetik preparat — «mifepriston» dori vositasi qoldiqlari topilgan. Tekshiruv davomida chaqaloqning onasi aniqlanmagan.

Hozirda Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom ettirilmoqda, tekshiruvning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1