1

O`zbekistonning qaysi hududlarida "svet" bilan bog`liq holat yaxshilangani ma`lum qilindi

Jamiyat 27.01.2022, 00:10
O`zbekistonning qaysi hududlarida "svet" bilan bog`liq holat yaxshilangani ma`lum qilindi

Energetika vazirligi hududlarda elektr energiyasi bilan bog`liq hozirgi holat yuzasidan ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha,  2022 yil 26 yanvar soat 22:00 holatiga Qorakalpog`iston Respublikasi — elektr ta`minoti to`liq tiklangan;

2. Andijon viloyati (55%) — Andijon shahar 75%, Xonobod tumani 80%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 40% elektr ta`minoti mavjud;

3. Buxoro viloyati (80%) — Qorako`l tumani 60%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100% elektr ta`minoti mavjud;

4. Jizzax viloyati (100%) —  Barcha tuman va shaharlarida elektr ta`minoti mavjud;

5. Qashqadaryo viloyati (70%)  — Qarshi shahar 85%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 60% elektr ta`minoti mavjud;

6. Navoiy viloyati (95%) — Xatirchi tumani 80%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100% elektr ta`minoti mavjud;

7. Namangan viloyati (70%) — Namangan shaxri 75%, Mingbuloq tumani 75%, Kosonsoy tumani 75%, Norin tumani 80% Pop tumani 70%, To`raqo`rg`on tumani 75%, Uychi tumani 75%, Uchqo`rg`on tumani 80%, Chortoq tumani 75%, Chust tumani 75%, Yangiqo`rg`on tumani 80%, Namangan tumani 80% elektr ta`minoti mavjud;

8. Samarqand viloyati (60%) — Kattaqurg`on shaxar 50%,Kattaqurg`on tumani 90%, Jomboy tumani 90%, Pastdarg`om tumani 10%, Narpay tumani 70%,Tayloq tumani 70%, Urgut tumani 80%, Samarqand shaxar 100% elektr ta`minoti mavjud;

9. Surxondaryo viloyati (65%) —  Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 %, Termiz shahri 70%, Termiz tuman 60 %, Oltinsoy tumani 70%, Sho`rchi, Boysun, Qumqo`rg`on, Angor, Mizrobod, Jarqo`rg`on, Qiziriq, Bandixon tumanlari 20% elektr mavjud;

10. Sirdaryo viloyati (60%) — Shirin shahri 100%, qolgan tuman va shaharlarda 55% elektr ta`minoti mavjud;

11. Toshkent viloyati (80%) —  Angren shahar 40%, Bekobod shahar 40%, Narafshon shahar 30%, Olmaliq shahar 70%, Ohangaron shahar 50%, Chirchiq shahar 80%, Yangiyo`l shahar 50%, Buka tumani 45%, Bo`stonlik tumani 70%, Zangiota tumani 100%, Qibray tumani 90%, Quyi Chirchiq tumani 60%,Ohangaron tumani 50%, Parkent tumani 70%, Piskent tumani 30%, Toshkent tumani 80%, O`rta Chirchiq tumani 25%, Yuqori Chirchiq tumani 70%, Chinoz tumani 90%, Yangiyo`l tuman 80% elektr ta`minotiga ulangan;

12. Farg`ona viloyati (70%) — Dang`ara tumani 60%, Farg`ona tumani 75%, O`zbekiston tumani 50%, Rishton tumani 50%, Buvayda tumani 40%, Qo`qon shahar 100%, Toshloq tumani 50%, Marg`ilon shahar 60%, Qo`shtepa tumani 50%, Bog`dod tumani 50%, Oltariq tumani 50%, qolgan tuman va shaharlarida 100% elektr ta`minoti mavjud;

13. Xorazm viloyati (100%) — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta`minoti mavjud;

14. Toshkent shahri (100%) — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta`minoti mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1