AsosiyJamiyat
6274

2016 yilda O`zbekistonda 129 ta ijtimoiy dorixona tashkil etiladi

Milliy matbuot markazida «Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi jurnalistlar va soha mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda joriy yil yakunigacha respublikamiz hududlarining 129 ta tumanlarida «Dori-darmon» AK tizimidagi jamiyat dorixonalari qoshida ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish rejalashtirilgani ta`kidlandi.

Shundan 58 tasi Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida ishga tushiriladi.

Ijtimoiy dorixonaning asosiy vazifasi mahalliy aholiga tumanlardagi aholiga dorilarni sifatli va hamyonbop, xususiy dorixonalardan ancha past narxlarda taqdim etishdan iborat bo`ladi. 

Keyinchalik ushbu dorixonalarni respublikaning 157 ta tumanining barchasida tashkil etish rejaga kiritilgan.

Hozirda kompaniya tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy dorixonalar 770 ta qishloq vrachlik punktlarida mavjud.

Boshqa yangiliklar