Pul jamg`arish bilan inson ko`p narsaga erishishi mumkin. Masalan shaxsiy jamg`armangiz bo`lsa, doim kayfiyatingiz a`lo bo`ladi. Siz hech kimdan yoki hech qaysi bankdan qarzdor emassiz, Fors-major holatiga tushsangiz, masalan ishingizdan ayrilsangiz ham yiqqan pullaringiz joningizga oro kiradi.
Pul jamg`arish yoki kredit olib avtomashina yo uy sotib olish har bir insonning xoxish va rejalariga, eng asosiysi topayotgan daromadiga bog`liq. Xo`sh bank xodimlari qanday fikrda? Muxbirimiz Dilfuza Esanova mutaxassis fikrini o`rgandi.
Bankning chakana kreditlash bo`limi boshlig`i Muzaffarxon Akmalxonovning aytishicha, bugungi kunda chakana kredit turlari ichida avtokredit va mikroqarz va ipoteka kreditini olishga aholi tomonidan talab ortib boryapti.
Qayd etilishicha, manfaatli shartlar asosidagi dastlabki to`lovsiz kreditni "Ipak Yo`li" banki filiallarida quyidagi shartlar asosida rasmiylashtirish mumkin:
• Foiz stavkasi — 26,9%;
• kredit muddati miqdoriga qarab — 60 oygacha;
• maksimal kredit miqdori — 450 mln so`mgacha.
"Kreditga ega bo`lish uchun pasport, daromadlar to`g`risida ma`lumotnoma hamda avtomobil xarid qilish to`g`risida shartnomani taqdim etish kerak. Badal sifatida kredit summasining 125%dan kam bo`lmagan likvid ta`minot qabul qilinadi", -deb xabar bermoqda bank axborot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.