Toshkent shahrida koronavirius bilan bog`liq epidiemiologik vazitya bo`yicha ma`lumot taqdim etildi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 26 yanvar holatiga ko`ra, Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar soni 13 ming 565 nafarga etdi.
Bemorlarning 3 ming 621 nafari stasionar, 8 ming 693 nafari ambulator sharoitda davolanmoqda. Stasionarda davolanayotganlardan 406 nafarining ahvoli og`ir, 189 nafariniki o`ta og`ir.
Poytaxtimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini ta`minlash va axborotlarni muvofiqlashtirish maqsadidaToshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi va tumanlarda hududiy shtablar, tumanlarda 12 ta maxsus kovid poliklinikalar tunu kun faoliyat ko`rsatmoqda.
Toshkent shahridagi byudjet tashkilotlari va tadbirkorlik sub`ektlarida Ishchi guruhlar tomonidan xodimlarning koronavirusga qarshi emlanganligi bo`yicha tekshiruvlar o`tkazilmoqda.
25 yanvar kuni 317 ta tadbirkorlik sub`ekti va 16 ta byudjet tashkilotida tekshiruvlaro`tkazildi. Tekshiruv chog`ida 219 nafar xodim vaksina olmagani aniqlanib, ular vaqtinchalik ishdan chetlatildi.
Bundan tashqari, Respublika maxsus komissiyasining majlis bayonlari ijrosini ta`minlash va qat`iy rioya qilish uchun 274ta tadbirkorlik sub`ekti rahbariga rasman ogohlantirish xatlari yuborilib, karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan kafolat xati olindi.
Bundan tashqari, Milliy gvardiya tomonidan Toshkent shahridagi bozorlar, istirohat bog`lari va xiyobonlar, ommaviy tadbirlar o`tkaziladigan ob`ektlar, sport majmualari, yirik savdo markazlari va jome` masjidlarida fuqarolarga karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan targ`ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.
Joriy yil 25 yanvar kuni poytaxtimizdagi dehqon bozorlari va ularning filiallari rahbarlari Respublika maxsus komissiyasi bayonnomasi talablari hamda ob`ektlarda nazoratni qattiq kuchaytirish ishlariga befarqlik bilan yondashilgan taqdirda, belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi to`g`risida qayta ogohlantirildi.
Toshkent shahrida tashkil etilgan 85 ta emlash markazlarida aholini koronavirusga qarshi etti turdagi, jumladan, buster doza vaksinalar bilan emlash ishlari olib borilmoqda. 25 yanvar kuni 15 ming 373 nafarfuqaro emlangan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Toshkentda vaksina olmagan mingdan ortiq xodim vaqtinchalik ishdan chetlatilgani va 200 nafari jarimaga tortilgani xabar qilingan edi.






