Qoraqalpog`istonda manzil koloniyasidagi fuqaroning jazo muddatini barvaqt tugatib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi hamda IIV bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.R. manzil koloniyasida jazo o`tayotgan A.ning ishonchiga kirib, uning jazo muddatini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali barvaqt tugatib berish evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.