AsosiyJamiyat

Surxondaryoda fuqaroga haydovchilik guvohnomasini o`qishga qatnashmasdan olib bermoqchi bo`lgan inspektor qo`lga tushdi

'Surxondaryoda fuqaroga haydovchilik guvohnomasini o`qishga qatnashmasdan olib bermoqchi bo`lgan inspektor qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Vatanparvar” tashkiloti Angor tumani O`quv sport texnika klubi kadrlar bo`yicha inspektori S.M. fuqaro A.ga “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini 1 oy muddatda o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan imtihonlarni ijobiy hal qilib olib berish evaziga 1,9 mln so`mini qo`lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida ixtiyoriy ravishda qaytargan 1 mln so`mi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar