Energetika vazirligi gaz ta`minoti bilan bog`liq vaziyat haqida ma`lumot berishda davom etamoqda.
Ayni paytda Farg`ona vodiysiga gaz ta`minotini normallashtirish bo`yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Ushbu ishlarni yaqin vaqt ichida yakunlash rejalashtirilgan.
Bugun, ertalab soat 9:00 dan boshlab shaharlararo yo`nalishlar bo`ylab, shuningdek aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejmida ishlay boshladi. Ayni paytda Toshkent, Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlarida gaz bosimi me`yori pastligi bois, ushbu viloyatlardagi gaz quyish shoxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar saqlanib turibdi.
"Avtomobil haydovchilariga ushbu vaziyatni tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va iloji bo`lsa, zarur hollarda muqobil yoqilg`i turi – AI-80 benzini yoki boshqa markalardan foydalanib turishlarini so`raymiz" deyiladi xabarda.
Ertaga ertalabdan boshlab respublikadagi barcha gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejimida ishlay boshlaydi.






