AsosiyJamiyat

Shahrixonda kanalga tushib ketgan avtomobil chiqarib olindi

'Shahrixonda kanalga tushib ketgan avtomobil chiqarib olindi'ning rasmi

Bugun, 28 yanvar kuni tongi soat 04:07 da Andijon viloyati Shahrixon tumani “Yangi Vahim” mahallasida sodir bo`lgan. “Nexia 3” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotish natijasida “Yangi Vahim” ko`chasidan o`tgan kanalga tushib ketgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.  

Xabarda aytilishicha, zudlik bilan aytilgan manzilga tuman yong`in-qutqaruv qismi qutqaruvchilari etib borgan va maxsus texnika hamda asbob-anjomlar yordamida avtomashina kanaldan olib chiqilgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo`lganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar