AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning qator viloyatlarida yomg`ir yog`ib, qorga aylanadi

'Ertaga O`zbekistonning qator viloyatlarida yomg`ir yog`ib, qorga aylanadi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 29 yanvar kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra: 

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 4-6° iliq bo`ladi.  

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nailishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimolida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nailishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nailishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nailishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nailishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi. 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chish havfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar