Bektemir tumanida 11 nafar xodimning nomiga mikroqarz ajratishga erishgan sobiq xodim aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.E 2018-2021 yillarda Toshkent shahri bo`yicha G`aznachilik boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan davrida, 11 nafar xodimning nomiga ularning xabarisiz 2 ta tijorat bankidan jami 212 mln so`m mikroqarz ajratilishiga erishib, kredit mablag`larini o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






