AsosiyJamiyat

Koronavirus 1 yoshgacha bo`lgan bolalarda og`irroq kechyapti — Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori

'Koronavirus 1 yoshgacha bo`lgan bolalarda og`irroq kechyapti — Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori'ning rasmi

“Omikron”ning avvalgi shtammlardan yana bir farqi ham bo`lib, bu — bolalarda va homilador ayollarda ko`p qayd etilayotganidir. Ammo kasallikning kechuvi bu ikki toifada ham o`zaro farq qilayotganini ko`rish mumkin.

Amaliyotda homiladorlarda o`pka zararlanishi 5 foizga ham etmasa, bolalarda 60-70 foiz holatlarda pnevmoniya belgilari namoyon bo`lmoqda. Ayniqsa, 1 yoshgacha bo`lganlarda bu jarayon og`irroq kechyapti. Bu haqda SSV Matbuot xizmatining  Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidan qilingan tayyorlangan reportajida ma`lum qilindi. 

Muassasa direktori o`rinbosari Hilola AlimovaBolalarning ma`lum qilishicha, diareya belgilari ko`rinishi ham koronavirus yangi shtammining o`ziga xosliklaridan deyish mumkin.

"Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limida yotgan bemorlarning 90 foizi vaksina olmagan fuqarolar ekani ham xulosa qilish uchun etarli asos.

Xo`sh, qolgan 10 foizi-chi, axir, ular vaksina olgan edi-ku, desangiz, bu bemorlarning surunkali yondosh kasalliklari borligi ma`lum bo`ladi.

Shifoxonaga murojaat qilganlarning ham engil holatdagilari, asosan, koronavirusga qarshi vaksina olgan fuqarolar bo`lib, kasallik og`ir kechayotganlar emlanmagan aholi vakillari bo`lib chiqmoqda", - deyiladi ma`lumotda. 

    Boshqa yangiliklar