AsosiyJamiyat

Akbar Jo`raev “Yilning eng yaxshi sportchi – talabasi” deya e`tirof etildi

'Akbar Jo`raev “Yilning eng yaxshi sportchi – talabasi” deya e`tirof etildi'ning rasmi

Har yili Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi tomonidan iste`dodli va shijoatli yoshlarni kashf etish va ularni rag`batlantirish maqsadida oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida “Yil talabasi” Respublika tanlovi o`tkaziladi.

Kecha mazkur tanlovning yakuniy bosqichi Ishchi guruhi a`zolari tomonidan onlayn tarzda o`tkazildi. 

Turizm va sport vazirligining xabar berishicha,  “Yil talabasi-2021” an`anaviy ko`rik-tanlovining “Yilning eng yaxshi sportchi-talabasi” nominasiyasida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ko`pkurash fakulteti Og`ir atletika ta`lim yo`nalishi 3-bosqich talabasi Akbar Jo`raev 1-o`ringa munosib deb topildi.

Akbar Jo`raev 2021-yilda Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlari va jahon chempionligini qo`lga kiritib, Olimpiada rekordi va Toshkentda o`tkazilgan Jahon chempionatida jahon rekordini yangiladi. Shuningdek, u mamlakatimizda 2021-yil yakunlariga ko`ra “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb topilgan.

    Boshqa yangiliklar