AsosiyJamiyat

Prezident maktab ta`limi tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab o`tdi

'Prezident maktab ta`limi tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab o`tdi'ning rasmi

Prezident  raisligida ayni daqiqalarda o`tkazilayotgan videoselektorda Davlat rahbari tomonidan bugungi kunda respublika bo`yicha 1 ming 695 ta maktab mukammal ta`mirga muhtojligi, hanuzgacha 179 ta paxsadan qurilgan maktab mavjudligi, 3 mingdan ziyod maktab uchun qo`shimcha o`quv binolari zarurligi tanqid qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.  

Quyidagi kimchiliklar sanab o`tilgan:

- yangi massivlar barpo etilishi, qishloq infratuzilmasi kengayishi va aholi o`sishi natijasida yana 270 ta maktab qurishga ehtiyoj bor;

- hozirda 2,3 mingta maktabning sport zali mavjud emas;

- ta`lim sifati past bo`lgan 84 ta maktabning birorta o`quvchisi o`tgan yili oliygohga kirmagan;

- maktab kutubxonalaridagi kitob fondi yillar davomida yangilanmagan;

-  milliy musiqa anjomlari atigi 615 ta maktabda mavjud.

    Boshqa yangiliklar