"Qamchiq" dovonidan o`tgan A-373 avtomobil yo`lining 218-260 kilometrlari oralig`ida qor yog`moqda. Maxsus texnikalar yordamida yo`lni qordan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo`ldan harakatlanib o`tuvchi haydovchilardan:
- tezlik me`yoriga rioya qilgan holda;
- oraliq masofani saqlab;
- ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so`raymiz.
"Zarurat bo`lmasa, tungi vaqtda dovon yo`lida harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz", - deyiladi xabarda.






