Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlarning bir sutkadagi soni rekord darajaga etdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Mamlakat kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) bergan ma`lumotlarga ko`ra, oxirgi bir sutkada 16 096 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Bu esa ketma-ket to`rtinchi kungi rekord ko`rsatkich hisoblanadi.
COVID-19 qurbonlari soni 6,678 ga etib, payshanba kungidagi holatga taqqoslaganda 24 taga ko`p. Jamoat sog`liqni saqlash agentligining ta`kidlashicha, keyingi bir necha hafta ichida kasallanganlar soni kuniga 100 mingga etishi mumkin.
KDCA ma`lum qilishicha, juma holatiga ko`ra, 26,35 million kishi umumiy aholining 51,4 foizi qayta emlangan. Emlanganlarning umumiy soni 43,93 million nafarga etgan.






