Pokiston janubi-g`arbida, Balujiston viloyatida sodir etilgan terakt oqibatida 10 nafar askar halok bo`ldi. Bu haqda DAWN xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, jangarilar Kech hududidagi nazorat-o`tkazish punktiga hujum qildi. Terroristlar bilan shiddatli otishma chog`ida 10 nafar askar halok bo`ldi. Shuningdek, bir jangari halok bo`ldi, bir necha kishi yaralandi hamda uch nafar terrorist qo`lga olingan.
Harbiylar hujum ortida turgan terrorchilar qaysi guruhga tegishli ekanligiga aniqlik kiritmadi, Ammo Balujiston ozodlik fronti ijtimoiy tarmoqlar orqali hujum uchun javobgarlikni o`z zimmasiga oldi.
Balujiston Pokistonning janubi-g`arbida joylashgan bo`lib, Eron va Afg`oniston bilan chegaradosh.






