Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro maxfiy hujjatlarni oshkor etishi munosabati bilan polisiya tomonidan so`roq qilinadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleksandr de Moraes ushbu qarorni imzoladi.
Bunga sabab 2018 yilgi prezidentlik saylovlaridan bir necha oy oldin Oliy saylov sudi tizimiga qilingan xakerlik hujumi haqidagi ma`lumotlarning buzilishi bilan bog`liq.
Braziliya rahbari hujjatlar suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi va mamlakatning elektron ovoz berish tizimi xakerlik va firibgarliklarga qarshi himoyasiz ekanligini aytdi. O`z navbatida, siyosatchining tanqidchilari Bolsonaro ikkinchi turda mag`lub bo`lsa, saylov natijalariga shubha uyg`otish uchun ma`lumotlar sizib chiqishidan foydalanayotganiga ishonishdi.






