AsosiyJamiyat

“Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi

'“Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi'ning rasmi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog`lovchi “Taxtaqoracha” dovonida noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangani borasida xabar bergan edik.

Qashqadaryo IIB ma`lum qilinishicha, “Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi.

Muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko`rildi.

Ayni vaqtda dovon yo`lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berildi.

"Haydovchilardan ehtiyotkor bo`lishlarini, ob-havo va yo`l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar