Respublikamizning shimoli-g`arbiy hududlarida kuchli shamol va qorli bo`ronlar sabab Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar kuzatildi.
Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxonalari ishchi-xodimlari yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha kuchlarni safarbar etmoqda. Xususan, “Xorazm HETK” AJ tomonidan "avariya" natijasida uzilishlar bo`lgan hududlarda elektr ta`minotini tiklash ishlariga 68 ta tezkor brigada jalb qilingan.
"Tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etilib, iste`molchilarga elektr ta`minoti etkazib beriladi", - deyiladi xabarda.






